Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Pogba «MYu»da Mourino bilan munosabatlari qanday yomonlashganini aytdi

18.06.2022, 10:48

Pol Pogba «Manchester Yunayted»da bosh murabbiy Joze Mourino bilan munosabatlari qanday yomonlashganini aytdi.

«Hammasi jarohat olganimdan keyin boshlandi. Men Mayamiga borib, u yerda tiklanishga qaror qildim. Ba’zilar meni xotinim bilan suratga olishdi. Mourino bu rasmni agentim Rayolaga yubordi. Bu menga yoqmadi. Umuman yoqmadi.

Mourinoga aytdim: «Jiddiy narsami? Men jarohat oldim, lekin kuniga 3 marta mashg‘ulotlarga kelaman. Boshqa o‘yinchilar kabi emasman.

Men uchun bu yangi holat edi. Murabbiy bilan muammolarga o‘rganmaganman. Ammo ertaga Mourino bilan uchrashsam, u bilan birga kulardim. Undan xafa emasman», – deydi Pogba.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli fransuz erkin agent sifatida «MYu»ni tark etdi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты