Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Van Basten: «Ronaldu Messidan yaxshiroq, deganlar futbol haqida hech narsa bilishmaydi»

18.06.2022, 12:27

«Ayaks», «Milan» klublari va Niderlandiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Marko van Basten Lionel Messi hamda Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Krishtianu Ronaldu – ajoyib futbolchi, lekin uni Messidan yaxshiroq deganlar futbol haqida hech narsa bilishmaydi.

Messi o‘ziga xos. Uni taqlid qilib yoki takrorlab bo‘lmaydi. Unga o‘xshagan futbolchi 50 yoki 100 yilda bir marta paydo bo‘ladi. U bolaligida futbol daholari qozoniga tushib ketgan», – deydi van Basten.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq van Basten Ronaldu va Messini barcha davrlarning eng yaxshi 3 o‘yinchisi qatoriga kiritmagandi. U ro‘yxatga Pele, Diyego Maradona va Yohan Kroyffni qo‘shgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
18.06

Кристиан эриксен бир йиллик контракт тузибдику мю билан, ухламанглар
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты