Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» direktori: «De Yong transferida pul asosiy to‘siq emas. Bitim imzolash uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz»

19.06.2022, 11:27

«Manchester Yunayted» bosh direktori Richard Arnold «Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong transferi borasidagi muzokaralar haqida gapirdi.

Oldinroq mankunianliklar niderlandiyalik futbolchi uchun talab qilinganidan 20 mln yevro kam taklif qilgani xabar berilgandi.

«Pul kim bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligimizni belgilovchi omil emas. Bosh murabbiy uni sotib olishimizni xohlaydi. Frenki – ajoyib futbolchi.

100 million? 200? Bilmayman. Futbolchilarni o‘zim sotib olishimni xohlaysizmi?

Biz shartnoma imzolash uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Ko‘p kundan beri bu masala bilan bandman. Pul bilan bog‘liq muammolar yo‘q, lekin ba’zi to‘siqlar bor, ular haqida gapira olmayman.

Eshiting, biz de Yongni olish uchun hamma narsani qilyapmiz va sizga aytamanki, bizda kerakli mablag‘ bor», – deydi Arnold muxlislarga murojaatida.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
19.06

Tezrogʼ ol boʼmasam tenxak

  [off]
19.06

Tezrogʼ ol boʼmasam tenxak
a

  admin [off]
19.06

70-80 млнга де Йонгдан яхширок уйинчи олса булади. Тен Хаг хам узиникини тикиштириши керакда.

  [off]
19.06

Vay billa nkunkuni ol raysni ol

  [off]
19.06

Uzi yunayted transferlarga 140mln yevro ajratgan buni uzini 85mln € dib yotibdi qogan pulga nimani oladi

  [off]
19.06

Bu futbolchi man utdga mos emas
Umumiy: 6

© 2023 Uzbek Reds
Контакты