Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Ayaks» futbolchisi «Manchester Yunayted»ga o‘tishdan bosh tortdi

20.06.2022, 18:51

«Ayaks» himoyachisi Yurrien Timber «Manchester Yunayted»ga o‘tmaydi, deb xabar berdi Manchester Evening News.

Manba bergan xabarga ko‘ra, mankunianlar yangi bosh murabbiyi, avvalroq «Ayaks»ni boshqargan Erik ten Hag uning xizmatlariga qiziqish bildirganiga qaramay, futbolchi Angliya klubiga o‘tishni istamagan.

20 yoshli Timber o‘tgan mavsumda «Ayaks» safida barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты