Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu Ten Hag bilan uchrashdi

20.06.2022, 20:17

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoaning yangi bosh murabbiyi Erik ten Hag bilan uchrashdi.

Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, ushbu uchrashuv juda yaxshi o‘tgan va ayni paytda portugaliyalik futbolchi hech bir boshqa klub bilan muzokaralar o‘tkazmayapti.

Avvalroq, 37 yoshli futbolchiga «Roma»dan qiziqish borligi ma’lum qilingandi. Ammo Krishtianuning maoshi nafaqat «Roma», Italiya A Seriyasining barcha grandlari uchun juda kattalik qiladi.

Ma’lumot uchun, Portugaliya milliy jamoasi sardori yakuniga yetgan mavsum barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol va 3 ta assist muallifiga aylandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты