Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ten Hag «MYu» rahbariyatidan 4 futbolchini sotib olishni so‘ramoqda

20.06.2022, 22:21

Erik ten Hag «Manchester Yunayted» rahbariyatidan eng avvalo qaysi o‘yinchilarni taklif etishni so‘ragani ma’lum bo‘ldi.

Manchester Evening News xabariga ko‘ra, niderlandiyalik murabbiyning asosiy transfer maqsadi sifatida hamon Frenki de Yong qolmoqda. Klub rahbariyati murabbiyga tez orada bu transfer masalasida kelishuvga erishilishini bildirgan.

Shuningdek, murabbiy «Ayaks» himoyachisi Yurriyen Timber, shu jamoa vingeri Antoni va «Brentford» bilan xayrlashishi kutilayotgan yarim himoyachi Kristian Eriksenni taklif etishni so‘ragan.

Avvalroq, «Barsa» Frenki de Yongni sotib, uning o‘rniga «Man Siti»dan Bernardu Silvani taklif etmoqchi ekani haqida xabar tarqalgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
21.06

De yongni bilmadim bekorga shunga yopishvomasa kerak

  [off]
21.06

Erikson normanli paslari zur ekan

  [off]
20.06

Shu deyong bilan Ereksen varianti yaxshimasda negadir kungil chopmayaptida
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты