«MYu» Germaniya milliy jamoasi himoyachisi bilan muzokaralarga kirishdi
21.06.2022, 13:23
«Hoffenhaym» himoyachisi David Raum faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Sky Sport Deutschland muxbiri Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 24 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Muzokaralar allaqachon boshlangan, ammo kelishuvgacha bor. Ta’kidlanishicha, tomonlar 30–35 mln yevroga kelishib olishlari mumkin.
Oldinroq Germaniya milliy jamoasi himoyachisi uchun «Nyukasl», «Vest Hem» va «Borussiya» D klublari da’vogarlik qilayotgani xabar berilgandi. Plettenbergning fikricha, dortmundliklar birinchi navbatda Niko Shuls yoki Rafael Gerreyruni sotishlari kerak.
Raum o‘tgan mavsumda Bundesligada 32 o‘yinda maydonga tushib, 11 ta golga assistentlik qilgan.
Manba: www.tribuna.uz