Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Kavani Falkaoning jamoadoshiga aylanishi mumkin

23.06.2022, 09:36

Urugvay milliy jamoasi hujumchisi Edinson Kavani Ispaniyaning «Rayo Valekano» klubiga o‘z xizmatlarini taklif qildi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 35 yoshli futbolchining madridliklar safiga o‘tishida asosiy muammo uning maoshi bo‘lib turibdi.  Agar Edinson «Rayo»ga o‘tsa, maoshi «MYu»dagidan sezilarli darajada kam bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Madrid klubida yana bir mashhur hujumchi Radamel Falkao ham harakat qiladi.

Kavani o‘tgan mavsumda «Yunayted»da barcha turnirlar doirasida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
23.06

By Bolani myu ga kop foydasi tekkan essiz
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты