Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Ayaks» futbolchisi «MYu»ga o‘tmoqchi

23.06.2022, 10:36

«Ayaks» vingeri Antoni «Manchester Yunayted»ga o‘tmoqchi, ammo hozircha ingliz klubi rasmiy taklif bilan chiqmagan.

Ingliz klubi 22 yoshli futbolchi bilan norasmiy muzokaralar olib bordi, biroq hozircha «Ayaks»ga hech qanday taklif bilan chiqmadi.

Braziliyalik yarim himoyachi Amsterdamda «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag bilan ishlagan va uning qo‘l ostida o‘ynashni davom ettirmoqchi.

Niderlandiyalik mutaxassis ham  sobiq shogirdi bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor. Murabbiy «Yunayted»ning hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida.

O‘tgan mavsumda Antoni 23 ta o‘yinda 8 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
23.06

Hech bumaganda shuni olilar
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты