Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Pogba «Yuventus» bilan kelishuvga erishdi

24.06.2022, 09:23

Pol Pogba yangi mavsumni Italiya A Seriyasida boshlaydigan bo‘ldi.

Insayder Fabritsio Romanoning Twitter’da xabar berishicha, Pol Pogba «Yuventus» bilan kelishuvga erishgan va uning Turinga qaytishi klub tomonidan tasdiqlangan. Fransiyalik 29 yoshli yarim himoyachi 30 iyun kuni «Manchester Yunayted»ni erkin agent sifatida rasman tark etib, iyul oyi boshida Turin klubi bilan shartnoma imzolaydi. Qayd etilishicha, Pogba ikki haftadan so‘ng Italiyaga qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, Pogba 2016 yil 105 mln yevro evaziga «Yuventus»dan «MYu»ga transfer qilinib, Turin klubiga ikkinchi marta erkin agent sifatida qaytmoqda.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты