Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Eriksen ikki klubdan birini tanlaydi

24.06.2022, 11:15

Yarim himoyachi Kristian Eriksen kelajagi borasida hali bir qarorga kelmagan.

Daniyalik 30 yoshli futbolchi «Manchester Yunayted» va hozirgi jamoasi «Brentford»dan birini tanlaydi.

Mankunianliklarning taklifi moliyaviy jihatdan foydaliroq, ammo Eriksenlar oilasi allaqachon Londondagi hayotga o‘rganib qolgan va Angliya poytaxtini tark etishni istashmayapti.

Shu bilan birga, yarim himoyachining «Tottenhem»ga qaytishi dargumon, chunki «shporlar» Rodrigo Bentankur va Iv Bissumga tayanadi, Kristian esa JCh-2022 arafasida doimiy o‘yin amaliyotiga muhtoj.

30 iyun kuni Eriksen erkin agentga aylanadi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты