Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Nkunku «MYu»ga o‘tmaydi. U «Leypsig» bilan shartnomasini uzaytirdi

24.06.2022, 11:22

«Leypsig» hujumchisi Kristofer Nkunku klub bilan shartnomasini uzaytirdi.

Yangilangan bitim 2026 yilgacha amal qiladi.

– «Leypsig» libosini kiyishda davom etayotganimdan xursandman. Mening hikoyam hali tugamadi – biz ko‘proq narsani xohlaymiz!

Klub meni saqlab qolish uchun qilgan harakatlari hayratda qoldirdi. Ishonch uchun barchaga katta rahmat. «Leypsig» so‘nggi yillarda xalqaro maydonda nom qozondi. Sovrinlar uchun kurashishimiz mumkinligini isbotlaymiz. Yana bir qadam oldinga siljishni istaymiz», – deydi hujumchi klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

24 yoshli fransuz hozirgi jamoasiga 2019 yilning iyul oyida PSJdan kelib qo‘shilgan va hozirgacha 134 o‘yinda 47ta gol urgan. O‘tgan mavsumda u Bundesliganing 33 o‘yinida 20ta to‘p kiritdi.

Avvalroq Nkunkuga «Manchester Yunayted», «Arsenal» va «Chelsi» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты