Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu «MYu»ni tark etmoqchi emas. U yaqin orada jamoaga qo‘shiladi

24.06.2022, 18:23

Krishtianu Ronaldu yozgi transfer oynasida «Manchester Yunayted»ni tark etmoqchi emas, deya xabar bermoqda Sky Sports.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik hujumchi «MYu»ning yozgi transfer oynasida faol emasligidan norozi ekani sababli jamoani tark etish niyatida ekanligi haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq.

Sky Sports’ning qayd etishicha, 37 yoshli hujumchi boshqa jamoaga o‘tmoqchi emas va iyul oyi boshida yozgi ta’tildan qaytib, jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu yakunlangan mavsum klubi safida jami 39 o‘yinda 24 ta gol va 3 ta assistga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты