Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

David de Xea «Manchester Yunayted»dan ketishi mumkin

24.06.2022, 21:13

«Manchester Yunayted» darvozaboni David de Xea kelgusi yozda jamoani tark etishi mumkin.

Manchester Evening News xabariga ko‘ra, futbolchining yangi shartnomasi bilan bog‘liq vaziyat haligacha aniq emas.

De Xeaning klub bilan amaldagi shartnomasi kelgusi mavsum oxirigacha amal qiladi. Klubda shartnomani avtomatik ravishda yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bor, ammo rahbariyat undan foydalanishga shoshilmayapti.

«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag De Xeaning murabbiy uslubiga moslashishiga shubha qilmoqda, chunki ispaniyalik posbon oyoqlari bilan yaxshi o‘ynamaydi.

Eslatib o‘tamiz, David de Xea 2011 yilning yozida faoliyatini yakunlagan Edvin van der Sar o‘rniga Madridning «Atletiko»sidan «Manchester Yunayted»ga o‘tgandi.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты