Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Roma» sobiq azosi: «Ronaldu «MYu»dan ketadi. Rimliklar uni qo‘lga kiritish uchun qattiq harakat qilmoqda»

25.06.2022, 19:37

«Roma» sobiq futbolchisi Fabio Petruchchi «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «qizil iblislar»ni tark etishiga ishonmoqda.

– «Futbol olamidagi obro‘li shaxsdan «Roma» Krishtianu Ronalduni qo‘lga kiritish uchun har tomonlama urinayotganini aniq bilaman. Ular bazi jihatlar, ayniqsa imij huquqlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni kelishib olishlari lozim. Ronaldu «MYu»dan ketadi», – deydi Petruchchi.

Avvalroq, «Bavariya» sport direktori Hasan Salixamijich Ronaldu myunxenliklar safiga kelishi haqidagi xabarlarni rad etgandi.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты