Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Jon O‘Shi: «Ronaldu «MYu»ning asosiy futbolchisi bo‘lishni istaydi

26.06.2022, 05:30

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Jon O‘Shi yangi mavsumda Krishtianu Ronaldudan nimalar kutayotganini aytdi.

– «Krishtianu yangi mavsumda «Manchester Yunayted»ning asosiy futbolchisi bo‘lishni istaydi. Shu sababli ten Xag u bilan bu borada suhbat olib borishi kerak. Ronalduning o‘yinlariga e’tibor bering. U maydonda doim gol urishga va jamoasiga foyda keltirishga harakat qilmoqda. Umid qilamanki, yangi murabbiy ham uni to‘g‘ri yo‘naltira oladi. Ronaldu istalgan jamoa tarkibida gol ura olishini ko‘rsatmoqda.

Murabbiylar doimo hujumchilarni istaydi. Ammo «Yunayted» xet-triklar qayd eta oladigan, so‘nggi daqiqalargacha kurashib, g‘alaba to‘pini kiritadigan hujumchi topa olarmikin? Ronaldu har bir o‘yinning har bir daqiqasida maydonda bo‘lishni istaydi. Uni raqobatda yutadiganlar topilarmikin?

Umuman olganda bunday muammoli masalalarni murabbiy o‘z nazoratiga olishi kerak», – dedi irlandiyalik futbolchi.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
26.06

Crishtiano ronaldo zo‘r futbolchi lekin jamoada unga to‘p yetkazib beradigan yarim ximoyachilar yo‘q bu esa katta muammo
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты