Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Sporting» direktori Ronalduning jamoaga qaytish imkoniyati haqida gapirdi

26.06.2022, 18:34

Lissabonning «Sporting» klubi direktori Ugu Viana Krishtianu Ronalduning o‘zi yetishib chiqqan klubga qaytish imkoniyatlari haqida gapirdi.

– «O‘ylashimcha, bu narsa hozir yuz bermaydi. Buning imkoni bo‘ladi deb ham o‘ylamayman. Lekin sen hech qachon nima bo‘lishini oldindan ayta olmaysan, Krishtianuning o‘zi qayerga ko‘chib o‘tishni hal qilishi ham mumkin.

Kelajakni oldindan bashorat qilib bo‘lmaydi. Gap Ronaldu haqida borar ekan, bu – alohida voqea. Uning «MYu»» bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Qanday qarorga kelishini birgalikda ko‘rib olamiz», – dedi sobiq futbolchi.

Avvalroq, «Manchester Yunayted» Krishtianuni qo‘yib yuborishni rejalashtirmayotgani, Erik ten Hag unga ishonch bildirishi haqida xabar qilingandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
27.06

Sen myuda qol sen manchester united ni afsonasisan
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты