Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» De Yong uchun mablag‘ni oshirdi

26.06.2022, 18:44

«Manchester Yunayted» va «Barselona» yarim himoyachi Frenki de Yongning transferi borasida oldinga qadam tashladi.

«The Times» xabariga ko‘ra, mankunianliklar niderlandiyalik xavbek uchun summani 80 million yevrogacha oshirgan. De Yong uchun 85 million yevro talab qilayotgan «Barselona» bu narxga ko‘nishi kutilmoqda. «Barselona» payshanba kunigacha barcha muzokaralarni yakunlamoqchi. Aynan shu kuni ispan klublari hukumatga barcha soliq hisobotlarini topshirishi kerak bo‘ladi.

Yakunlangan mavsumda de Yong barcha turnirlarda 46 o‘yinda qatnashib, 4 gol va 5 assist qayd etdi.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
27.06

Zzzzz qivordi shu

  [off]
26.06

65мил еврога келишилди уже кизлар жамоаси бн 85 Мил киммат бунга,85га Райс келади

  [off]
26.06

Mayli kelsin ko‘raylik nima kelar ekan bu bolani qo‘lidan
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты