Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Ronaldu ketsa, Neymar bilan shartnoma imzolashi mumkin

26.06.2022, 23:18

«PSJ» hujumchisi Neymar faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

RMC Sport xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» braziliyalik futbolchini sotib olishga qodir jamoalar qatoriga kiradi. Agar hujumchi Krishtianu Ronaldu mankunianliklar safini tark etsa, transfer amalga oshishi mumkin.

Shuningdek, Neymar oldida «Nyukasl» varianti ham bor.

Shu bilan birga 30 yoshli futbolchi 2022 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish istagi tufayli hech qayerga ketish niyatida emasligi ta’kidlangan.

Oldinroq «PSJ» rahbariyatining yangi loyihasida Neymarga o‘rin yo‘qligi va bundan hujumchi g‘azablangani xabar qilingandi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
27.06

Neymar ham kayfiyat o‘yinchisi o‘yini chiqsa zo‘r o‘yini chiqmasa nol

  [off]
27.06

Yolgʼon xabarlar koʻpayib ket
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты