Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Maguayr bo‘yicha «Barselona»ning taklifini rad etdi

27.06.2022, 12:41

«Manchester Yunayted» «Barselona»ning himoyachi Harri Maguayrni sotib olish borasidagi taklifini rad etdi, deya xabar beradi Sun nashri.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi angliyalik futbolchini «Yunayted» qiziqayotgan yarim himoyachi Frenki de Yongning transferi bo‘yicha kelishuvga qo‘shmoqchi bo‘lgan. Biroq «qizil iblislar» Maguayrni qo‘yib yuborishdan bosh tortishdi, chunki klubning yangi bosh murabbiyi Erik ten Hag futbolchiga umid bog‘lamoqda.

Maguayr 2019 yildan buyon «MYu»da to‘p tepadi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.  Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 mln yevroga baholagan.

29 yoshli himoyachi o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
29.06

35 mln ? Kammasmi?

  [off]
27.06

Sotish kerak bu bolani
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты