Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» De Yongni 80 mln yevroga sotib olishga yaqin

27.06.2022, 12:44

«Manchester Yunayted» va «Barselona»ning Frenki de Yong transferi bo‘yicha muzokaralardagi pozitsiyalari yaqinlashmoqda.

The Telegraph xabariga ko‘ra, tomonlar hamma uchun mos bo‘lgan narx bo‘yicha kelishib olgan – 80 mln yevro. Muzokaralar yaxshi ketmoqda va mankunianliklar uni bir hafta ichida yakunlashga umid qilmoqda.

Shu bilan birga, «MYu» hali de Yongning o‘zi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini muhokama qilishni boshlamagan. Qayd etilishicha, niderlandiyalik futbolchi transferga qarshi.

25 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsumda La Ligada 32 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol va xuddi shuncha assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
27.06

Deklan rays uchun westxemga 80 taklif qilsa sotvoradi vestxm

  [off]
27.06

De yong 50 mlnga mos o‘yinchi

  [off]
27.06

De yongdan deklan rice foydali deb o‘yliman

  [off]
27.06

Bu bola pogba ni ikkinchi varyanti emasmi
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты