Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Barchasi u istaganidek o‘zgarishi lozim». Ronaldu ten Hag qo‘l ostida nimalar kutayotgani haqida gapirdi

27.06.2022, 21:54

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub yangi bosh murabbiyi Erik ten Hag haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

– «Albatta, faoliyatimda yuqori cho‘qqilarga erishgan bu klubga qaytganimdan doim baxtiyor bo‘lganman. Bunda muxlislarning hissasi katta bo‘lgan. O‘tgan mavsum davomida mag‘lubiyatlarga uchragan paytimizda ham ishqibozlar bizni qo‘llab-quvvatlashdi.

Men uchun eng asosiysi – o‘yinlarni yutish va chempionat yoki kubokda zafar quchishdir. Ishonamanki, «MYu» o‘zi qaytishni maqsad qilayotgan cho‘qqilarga chiqa oladi. Avval aytganimdek, ba’zida buning uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi, ammo men ishonishda davom etaman.

Erik ten Hag «Ayaks»da fantastik ishni amalga oshirdi, u tajribali murabbiy. Ammo biz unga vaqt berishimiz kerak. Barchasi u istaganidek o‘zgarishi lozim.

Albatta, biz muvaffaqiyatga erishishimizga umid qilaman. Chunki murabbiy muvaffaqiyatga erishsa, butun «Manchester» muvaffaqiyatga erishadi. Shunday ekan, unga faqat eng yaxshi tilaklarni tilayman.

Biz xursandmiz va yangi mavsumni hayajon bilan kutyapmiz. Nafaqat o‘yinchilar, balki muxlislar ham intiqlik bilan kutishmoqda. Keling, murabbiyga omad tilab, kelasi yil sovrin yutishimizga ishonaylik», – deya Ronalduning so‘zlarini keltirgan Sky Sports klubdagi manbasiga tayanib.

Avvalroq, portugaliyalik 37 yoshli forvardning «MYu»ni tark etib, «Bavariya» yoki «Yuventus»ga qaytishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты