Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Ayaks» 2 futbolchisi uchun «MYu»dan 150 mln yevro so‘ramoqda

28.06.2022, 19:09

«Ayaks» futbolchilari Markos Antoni va Lisandro Martines «Manchester Yunayted» qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi.

«The Telegraph» nashrining xabar berishicha, amsterdamliklar ushbu ikki yetakchilari uchun umumiy 150 million yevro olishni rejalashtirmoqda.

Ammo ayni paytda «qizil iblislar»ning bor e’tibori «Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yongni transfer qilishga qaratilgan. Klub kataloniyaliklar bilan uning narxi bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishganicha yo‘q.

Ammo «MYu» direktori Jon Merto Ten Hagga De Yong transferi amalga oshsa, «Ayaks»dan ushbu futbolchilarni olib kelish uchun jamoaning ba’zi futbolchilarini sotishga to‘g‘ri kelishini aytib o‘tgan.

Avvalroq, manchesterliklar yarim himoyachi Andreas Pereyrani «Fulhem»ga sotish arafasida ekanligi xabar qilingandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты