Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» 5 futbolchi bilan xayrlashishga tayyor

28.06.2022, 20:12

«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida bir qator o‘yinchilar bilan xayrlashmoqchi.

ESPN xabariga ko‘ra, Manchester klubi APLga qaytgan «Fulhem»dan Andreas Pereyra bo‘yicha taklif olgan. Londonliklar braziliyalik futbolchi uchun 10 million yevro taklif qilgan.

Shuningdek, «Yunayted» darvozabon Din Hendersonni ijara asosida «Nottingem Forest»ga o‘tishiga qarshi emas.

Qayd etilishicha, «Yunayted» Erik Bayi, Aksel Tuanzebe, Aaron Uan-Bissaka, Aleks Telles singari himoyachilar hamda Antoni Marsyal bilan xayrlashishga tayyor. Biroq futbolchilarga aytarli takliflar kelib tushmayapti.

Avvalroq, klub Pol Pogba, Nemanya Matich, Xuan Mata, Edinson Kavani singari o‘yinchilar bilan erkin agent sifatida xayrlashgan edi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
29.06

Manchester united transfer qilishni tezlashtirmasa hech kimni sotib ololmaydi arsenal faol nyukasl faol chelsi siti liverpul tottenxem aston villa ham tarkibini kuchaytirmoqda bizda esa faqat qiziqish xalos

  Doniyor xiva [off]
29.06

Viruslarni oldirib duribdiqu
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты