Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» de Yong transferi bo‘yicha «Barselona» bilan kelishuvga yaqin

28.06.2022, 20:27

«Manchester Yunayted» «Barselona» yarim himoyachisi Frank de Yong transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, niderlandiyalik futbolchi Manchester klubiga o‘tishga rozilik bergach, tomonlar kelishuvga erishishga yaqin kelgan. «MYu» de Yong uchun dastlabki to‘lovda 65 million yevro to‘lashi, umumiy narx esa 85 million yevrogacha yetishi mumkin.

Avvalroq, ten Hag klub rahbariyatidan ushbu transferni tezroq amalga oshirishni so‘ragani haqida xabar berilgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
29.06

Бошқа футболчиларга хам етибор қаратиш керак чунки бир ойдан кейин апл бошланади бизни таркиб хозир кучли тўрликка тортмайди дажи саккизликка хам

  [off]
29.06

Ten Xag nimani o'ylagan ekan?

  [off]
29.06

Xa mayli omadli transfer bo‘lsin
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты