Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» «Feyenoord» himoyachisi transferi borasida kelishuvga erishdi

29.06.2022, 11:53

Tirell Malasia «Manchester Yunayted»ga o‘tishga yaqin turibdi.

The Athletic’ning yozishicha, ingliz klubi «Feyenoord» bilan 22 yoshli himoyachini 15 mln yevro evaziga sotib olish borasida kelishuvga erishdi. Shuningdek, yana 2 mln bonuslar ko‘zda tutilgan.

«Yunayted» kelishuvni yakunlash uchun futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olishi kerak.

Mankunianliklar so‘nggi lahzada «Lion»dan yaxshiroq moliyaviy shartlar taklif qilishdi. Fransuz klubi himoyachi uchun 12 mln yevro, yana 3 mlnni bonuslar ko‘rinishida bermoqchi edi.

Malasiya Niderlandiya chempionatining o‘tgan mavsumida 32ta o‘yinda 1ta gol urdi va 4ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
29.06

Омадли трансфер бўлсин
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты