Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Erik ten Hag Fergyuson chiqargan qoidani «MYu»ga qaytardi

29.06.2022, 21:47

Dushanba kuni Erik ten Hag «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi sifatida birinchi mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Murabbiy klub bazasiga soat 8 da yetib bordi. Birinchi kuni futbolchilarning bir guruhi soat 9:30 da, ikkinchi guruhi esa 11:30 da bazaga kelgan.

Kelasi kundan esa Erik futbolchilarga ertalab soat 9 da klub bazasiga yetib kelish talabini qo‘ygan.

Klubning afsonaviy murabbiyi ser Aleks Fergyuson ham 26 yillik faoliyatida mana shunday kun tartibini joriy qilgandi.

Ole-Gunnar Sulsher esa futbolchilarga soat 10 da kelishga ruhsat berardi.

Ten Hag jamoada muhitni yaxshilash uchun futbolchilarni mashg‘ulotlardan so‘ng birga ovqatlanib, vaqtni birga o‘tkazishga chorlagan.

Ten Hagning yana bir talabi maydon chimi masalasida bo‘lgan. U klub xodimlaridan chimni 15 mm.gacha qisqartirishni so‘ragan.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
30.06

Umuman kerak emas shu uyinchi
S

  SHavkatjon [off]
30.06

Ajoyib!
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты