Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Frenki uchun kurashga yana bir APL grandi qo‘shildi

02.07.2022, 20:48

«Barselona» futbolchisi Frenki de Yong ingliz klublari e’tiborini o‘ziga qaratmoqda.

Niderlandiyalik futbolchini «Manchester Yunayted» o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy kirishgan. Klubning ketma-ket takliflari kataloniyaliklar tomonidan rad etilmoqda. O‘z navbatida, futbolchining o‘zi ham «ko‘k-anorranglilar» safini tark etishni istamayapti.

The Guardian nashrining xabar berishicha, «Chelsi» 25 yoshli futbolchi uchun kurashga qo‘shildi.

Ayni paytda futbolchi manchesterliklar bilan shaxsiy shartnoma masalasida muzokara o‘tkazmoqda. Agar kelishuv amalga oshmasa, «aristokratlar» ushbu transferni amalga oshirishga urinib ko‘radi.

Ma’lumot uchun, Niderlandiya milliy jamoasi a’zosi yakuniga yetgan mavsum barcha musobaqalarda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta assist amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты