Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu YeChLda o‘ynaydigan jamoadan taklif tushsa, «MYu»ni tark etmoqchi

02.07.2022, 22:27

Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»ni tark etishga tayyor.

The Times xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi klub rahbariyatiga qoniqarli taklif tushganda uni sotishni so‘rab murojaat qilgan.

37 yoshli hujumchi faoliyatining oxirigacha har mavsum Chempionlar Ligasida o‘ynashni maqsad qilgan – uning fikricha, faoliyati yakuniga 3-4 yil qolgan.

Ta’kidlanishicha, Ronaldu klubni juda hurmat qiladi, ammo baribir ko‘proq narsani kutadi.

«MYu» 2021/22 yilgi mavsumda Premer Ligada 6-o‘rinni egalladi. Krishtianu esa 30 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты