Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Joan Laporta Frenkining transferi masalasidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi

03.07.2022, 13:59

«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoa yarim himoyachisi Frenki de Yongning «Manchester Yunayted»ga transferi borasidagi savollarga javob berdi.

«Frenki – dunyoning eng kuchli yarim himoyachilaridan biri va u «Barselona» futbolchisi.

Unga qiziqish bildiradigan klublar bor. Gap faqat «Manchester Yunayted» haqida emas. Bundan tashqari, biz uni sotishni rejalashtirmayapmiz. Futbolchining o‘zi ham qolishni xohlayapti.

Hozirgi moliyaviy holatimizga qaramay, De Yongni jamoada saqlab qolish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

Yana bir masala, ba’zi futbolchilarning maoshlari oldingi rahbariyat tomonidan haddan ziyod ko‘tarib yuborilgan. Bu kabi savollar shu bilan yakun topishi kerak», – deydi Laporta.

Avvalroq, manchesterliklar Niderlandiya milliy jamoasi a’zosi uchun 70 mln yevrodan ortiqroq pul to‘lashga tayyorligi xabar qilingandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты