Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronalduning «MYu»ni tark etish istagi Ten Hagga aloqador emas

03.07.2022, 14:03

«Manchester Yunayted» futbolchisi Krishtianu Ronalduning jamoani tark etish istagi haqidagi xabarlar ko‘payib bormoqda.

Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, portugaliyalik futbolchi rostdan ham «MYu»ni tark etmoqchi. Uning Mendeshga yaqin manbalardan olgan xabarlariga ko‘ra, agent manchesterliklarga mijozi klubni tark etishni istayotganini ma’lum qilgan.

Lekin bu Ronaldu «MYu»ni ushbu yozda tark etishi aniq degani emas. Ammo 37 yoshli futbolchi «qizil iblislar» uning transferi borasida taklif kelib tushsa, ko‘rib chiqishini xohlamoqda.

Ronaldu klubdagi vaziyatdan va transfer siyosatidan norozi. Iyul oyi boshlangan bo‘lsa ham, haligacha mankunianlar birorta yangi futbolchi bilan shartnoma imzolamadi. Aksincha, jamoani bir qator futbolchilar tark etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining Erik ten Hag bilan hech qanday muammosi yo‘q. Uni klubning ambitsiyalari xavotirga solmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ronalduning «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2023 yilga qadar mo‘ljallangan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
03.07

Yangi mavsum uchun mani tahminiy tarkibim.
De xea
Dest
Varan
Lindelof
Malasia
De yong
Tilemans
Fernandesh
Sancho
Pulishich
Mitrovich
Zamen.
Hiton
Dalot
Maguaire
Baily
SHaw
Mc tominay
Van de beek
Elanga
Garnacho
Marsial
Ferd rashford va boshqalarni sotish yoki ijaraga berish kerak yoki yo‘qotishlarni kerak!
Coach. Erik ten Hag
Glory glory manchester united

  [off]
03.07

Fenki de yong
Ruben nevesh
Deklan rice
Cristian erikson
Cristian pulishich
Yuri tilemans
Edson alvarez
SHu futbolchilardan uchtasini olsak yarim ximoya kuchli bo‘lar edi.

  [off]
03.07

Hozirgina nyukasl yuri tilemans ga qiziqish bildiryapti ekan. Lester sity tilemans uchun 30 mln yevro so‘rayapti ekan. SHu futbolchini olish kerak manchester united chunki bu bola fred va mc tominaydan kuchli.

  [off]
03.07

Nahot manchester united bitta yosh iqtidorli markaziy hujumchi topa olmasa vriyantlar bor:
Jeymi Vardy.
Aleksandr Isaak.
Andre Belotti.
Aleksandr Mitrovich.
Dominik Calwert lewin.

  [off]
03.07

Hammasi uchun rahmat senga ronaldu ketib to‘g‘ri qilasan yoshlarga ber imkoniyat yoshlar o‘ynasin. Seni omadini bersin!
Umumiy: 5

© 2023 Uzbek Reds
Контакты