Tuxel Ronalduning «Chelsi»ga taklif etilishini istamayapti
04.07.2022, 07:25
«Manchester Yunayted»ni tark etishni istayotgan Krishtianu Ronalduning «Chelsi»ga o‘tishi amalga oshmaydigan bo‘ldi.
Daily Mail xabariga ko‘ra, londonliklar ustozi Tomas Tuxel portugaliyalik 37 yoshli forvardning jamoaga taklif etilishini istamayapti. Nemis murabbiyi Ronaldudan ko‘ra, jamoaviy pressingda ishtirok etadigan mobil forvardni taklif etilishini xohlamoqda.
Avvalroq, Ronalduning agenti Jorje Mendesh «Chelsi»ning yangi xo‘jayini Todd Boeli bilan uchrashgani va unda portugaliyalik yulduzning «Chelsi»ga o‘tishi imkoniyatlari muhokama qilingani aytilgandi. Ammo klub egasining xohishiga qaramay, transferlarda bevosita ishtirok etayotgan germaniyalik bosh murabbiy 37 yoshli yulduzning Londonga chaqirilishiga rozilik bermagan.
Qayd etilishicha, Ronaldu «MYu»ning katta transferlarni amalga oshira olmayotgani sababli jamoani tark etish fikridan qaytmagan.
Ma’lumot uchun, Krishtianu yakunlangan mavsum 39 o‘yinda 24 ta gol va 3 ta assistga mualliflik qilgan.
Manba: www.tribuna.uz
[Изображение удалено]