Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu «MYu»ning 6-7 yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashini xohlamoqda

04.07.2022, 13:21

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozgi transfer oynasida klubni jiddiy xaridlarga undamoqda, deb yozadi Fabritsio Romano.

Manba bergan xabarga ko‘ra, portugaliyalik hujumchi klubga 6-7 yangi futbolchi kerak, deb hisoblamoqda.

Avvalroq Ronaldu «qizil iblislar» rahbariyatidan yaxshi taklif tushsa, uni sotishni so‘ragani xabar qilingandi.

37 yoshli futbolchi klubning transfer bozorida Premer Ligadagi raqobatchilariga nisbatan faol emasligidan norozi.

Ronaldu 2021 yildan beri «MYu»da o‘ynamoqda. Uning shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты