Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Manba: «Manchester Yunayted» bugun yozgi transferlar oynasidagi dastlabki transferini hal qiladi

04.07.2022, 13:27

«Feyenoord» futbolchisi Tirell Malasia «Manchester Yunayted» futbolchisiga aylanishga yaqin.

Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, 22 yoshli futbolchi bugun «qizil iblislar» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Tomonlar o‘rtasida shartnomaning barcha detallari kelishib bo‘lingan.

Niderlandiyalik himoyachi uchun manchesterliklar 15 mln yevro sarflaydi va yana 2 mln yevro miqdorida bonuslar ham va’da qiladi. Malasia «MYu» bilan 4+1 ko‘rinishida shartnoma imzolaydi.

Ma’lumot uchun, Tirell yakuniga yetgan mavsum barcha musobaqalarda 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va 5 ta assist muallifiga aylangandi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты