Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu «MYu»ning bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etmaydi

04.07.2022, 15:40

«Manchester Yunayted» futbolchisi Krishtianu Ronaldu klubning bugundan start oladigan mavsumoldi mashg‘ulotlariga qo‘shilgani yo‘q.

Bugundan o‘tgan mavsum oxirida milliy jamoasi bilan o‘yin o‘tkazgan futbolchilar «qizil iblislar» yig‘iniga qo‘shilishi kerak. Ammo portugaliyalik futbolchi oilaviy sabab tufayli mashg‘ulotlarga bora olmasligini ma’lum qilgan. Klub esa futbolchiga ruxsat bergan.

Insayder Fabritsio Romano ham ushbu ma’lumotni tasdiqlamoqda.

Avvalroq, Krishtianu Ronaldu yozgi transferlar oynasi vaqtida «MYu»ni tark etmoqchiligi xabar qilingandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
05.07

Zaybal qildi ketsa ketsin

  [off]
04.07

Ketsa ruxsat berish kerak hammasi uchun rahmat senga ronaldu
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты