Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Dibalaga APLning 2 grandidan taklif bor

04.07.2022, 15:58

«Yuventus» bilan yozgi transferlar oynasi avvalida xayrlashgan Paulo Dibala faoliyatini qayerda davom ettirishi hanuzgacha ma’lum emas.

La Republica nashrining xabar berishicha, argentinalik futbolchi uchun kurashda yetakchilik qilayotgan «Inter» transferni amalga oshirishi uchun Edin Jeko va Aleksis Sanches kabi futbolchilarini sotishi kerak.

Ayni paytda Dibalaga Angliya Premer Ligasining 2 grandi – «Manchester Yunayted» va «Arsenal» Argentina milliy jamoasi hujumchisi uchun kurashga qo‘shilgan.

O‘z navbatida, 28 yoshli futbolchi istalgan klubdan kelib tushadigan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor. U yiliga 6 mln yevrodan oshiqroq maosh va kamida 4 yillik shartnoma talab qilmoqda.

Avvalroq, Dibalaga A Seriya debyutanti «Monsa» qiziqayotgani haqidagi xabarlar chiqqandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
05.07

Zo'r omad kelorsin

  [off]
04.07

Arsenal va myu busa myuni tanlash ehtimoli yuqori agar boshqa grand jamoalardan taklif tushmasa

  [off]
04.07

Arsenal va myu busa myuni tanlash ehtimoli yuqori agar boshqa grand jamoalardan taklif tushmasa
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты