Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Kristian Eriksen «MYu»ga o‘tishga rozilik berdi

04.07.2022, 18:41

«Brentford» bilan shartnomasi yakuniga yetgan Kristian Eriksenning yangi mavsumda qaysi klubda to‘p surishi ma’lum qilindi.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, «Manchester Yunayted» daniyalik yarim himoyachi bilan kelishuvga erishgan. Eriksen bosh murabbiy Erik ten Hag bilan suhbatlashgach, «MYu»ga o‘tishga qaror qilgan. Tomonlar 2025 yilga qadar mo‘ljallangan 3 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Kristian ushbu haftada kelishuvni imzolashi kutilmoqda. U erkin agent sifatida safga qo‘shiladi.

Avvalroq, daniyalik yarim himoyachiga «Tottenhem» klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingan edi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
14.07

Orzuyimdagi o‘yinchi keldi manchester united ga welcome to manchester united old trafford!!!

  [off]
05.07

Qachon rasman utadi

  [off]
05.07

Паслария зор штрафнойларда бурчак зарбаларида яхши харакат килади .Энг асосийси бу болада озига ишонч катта экан .Юраги билан болган оша вокеадан кейин футболни йигиштирса керак деб турган эдим лекин у кайтди

  [off]
04.07

Xush kelibsan erikson
M

  M.E.N [off]
04.07

Aqlli oyinchi va Pogbaga oxshab kayfiyat oyinchisi emas

  [off]
04.07

Yaxshi zarbasi bor
Umumiy: 6

© 2023 Uzbek Reds
Контакты