Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Ronalduni Angliya klublaridan boshqasiga qo‘yib yuborishga tayyor. «Chelsi» varianti ko‘rib chiqilmayapti

05.07.2022, 12:16

«Manchester Yunayted» Krishtianu Ronalduni ingliz klublaridan boshqasiga qo‘yib yuborishga tayyor.

ESPN o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, agar Angliyadan tashqaridagi klub hujumchiga haftasiga 500 ming funt maosh to‘lashga tayyor bo‘lsa, klub Krishtianu bilan xayrlashadi.

«MYu» Ronalduning «Chelsi»ga ketishi variantini ko‘rib chiqmayapti. Klub 2023/24 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasida o‘ynashni istaydi va «aristokratlar» kuchli to‘rtlik uchun kurashda mankunianliklarga to‘g‘ridan to‘g‘ri raqib hisoblanadi. Shunday ekan, bu transfer amalga oshishi dargumon.

«Qizil iblislar» rahbariyati «Bavariya», «Napoli» yoki Yevropaning boshqa klublari Ronaldu bilan shartnoma imzolashni xohlasa, kelishuvga aralashmaydi.

«Yunayted» doimiy ravishda Ronalduga Erik ten Hag rejalarining bir qismi ekanligini tushuntirib kelyapti, ammo klub hozirgi mavjud vaziyatni ham qabul qilmoqda va Krishtianuning ketishi murabbiyga rejalashtirilgan qayta qurishni amalga oshirishda yordam berishiga ishonmoqda.

Avvalroq, 37 yoshli portugal yozda jamoani tark etmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgandi. Bunga sabablardan biri uning transfer kampaniyasidan noroziligi va Chempionlar Ligasida o‘ynashni xohlashi.

O‘tgan mavsumda hujumchi «MYu» safida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
05.07

11 kishi oʻynasharmidi futbolni

  [off]
05.07

Ketsa ketsin shu ham
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты