Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» iyulda 5 yangi futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi

05.07.2022, 12:22

«Manchester Yunayted» shu oyda 5 futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Manchester klubi «Feyenoord»ning chap qanot himoyachisi Tirell Malasia transferi bo‘yicha kelishib oldi, «Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yongning narxi borasida prinsipial kelishuvga erishdi va «Ayaks» markaziy himoyachisi Lisandro Martinesga rasmiy taklif bilan chiqdi.

Bosh murabbiy Erik ten Hag «Ayaks» vingeri Antoni va «Brentford» bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng erkin agentga aylangan daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen bilan ham shartnoma imzolamoqchi.

Mankunianliklar shu haftada birinchi yangi futbolchini tanishtirmoqchi, qolgan transferlarni esa iyul oyida jamoaning Tailand va Avstraliyaga mavsumoldi safari tugaguniga qadar yakunlamoqchi.

Bundan tashqari, «MYu» himoyachilar Aaron Uan-Bissaka, Brendon Uilyams, Aleks Telles, Erik Bayi, Fil Jons va Aksel Tuanzebeni, shuningdek, yarim himoyachi Andreas Pereyra va hujumchi Antoni Marsyalni sotishga tayyor.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
06.07

Ketadigani ketsin qoladigani qolsin ten hag ni ishlariga rivoj tilayman
S

  SHavkatjon [off]
05.07

Командани тозалаб хам туриш керак.
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты