Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu «MYu»ning ketma-ket ikkinchi mashg‘ulotini o‘tkazib yuboradi. U klubga qachon qaytishi noma’lum

05.07.2022, 20:42

Krishtianu Ronaldu bugun ham «Manchester Yunayted» mashg‘ulotlarida qatnashmaydi.

The Athletic nashrining yozishicha, portugaliyalik futbolchi mavsumoldi tayyorgarlikda ketma-ket ikkinchi mashg‘ulotni o‘tkazib yubormoqda.

Milliy jamoada o‘ynagan futbolchilar dushanba kuni qaytishlari kerak edi, biroq Ronaldu oilaviy sharoitni sabab qilib kelmadi.

37 yoshli hujumchi jamoaga qachon qaytishi hozircha noma’lum. Juma kuni mankunianliklar Tailand va Avstraliya turnesiga yo‘l oladi.

Bosh murabbiy Erik ten Hag kelasi mavsum uchun Ronalduga ishonch bildirmoqda.

Futbolchi kecha ham Lissabonda edi. U Portugaliya milliy jamoasi mashg‘ulotlar majmuasiga tashrif buyurdi.

Krishtianu o‘tgan mavsumda «MYu» safida barcha turnirlarda 39 o‘yinda 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
06.07

Vaxaxaxa

  [off]
05.07

Balkim qarindoshnkda toʼy bordur
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты