Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Barsa» prezidenti Jorje Mendesh bilan Ronaldu transferni muhokama qildi

06.07.2022, 10:05

«Manchester Yunayted»ni tark etishni istayotgan Krishtianu Ronaldu «Barselona»ga o‘tishi mumkin.

AS nashri xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi prezidenti portugaliyalik 37 yoshli hujumchining agenti Jorje Mendesh bilan uchrashib, ushbu transferni muhokama qilgan.

Qayd etilishicha, uchrashuvda tomonlar faqat Ronaldu emas, Mendeshning boshqa mijozlari – Ruben Nevesh, Bernardu Silva va Rafael Leau transferi imkoniyatlari ham muhokama qilingan.

«Laporta Mendesh bilan Ronaldu transferini muhokama qilib, bu bilan kataloniyaliklarning Levandovski borasidagi taklifini qabul qilmayotgan «Bavariya»ga bosim o‘tkazishni maqsad qilgan ham bo‘lishi mumkin», – deyiladi ispan nashrida.

Avvalroq, Ronaldu «MYu» mashg‘ulotlariga kelmayotgani, u kelasi mavsum Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan grand jamoalardan biri safiga o‘tishni istayotgani haqida xabar berilgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
06.07

Надаел килишди энди гийбатчилар .Хеч каерга отмайди
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты