Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu «Bavariya»ga o‘tmaydi. Buning ikki sababi bor

06.07.2022, 13:01

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu OAVdagi mish-mishlarga qaramay, «Bavariya» futbolchisiga aylanmaydi. Bu haqda ESPN va Sport Bild jurnalisti Tobi Altshaffl ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Ronalduning Myunxen klubiga o‘tmasligining ikki jiddiy sababi bor – 37 yoshli portugalning yuqori maoshi va uning bosh murabbiy Yulian Nagelsman uslubiga integratsiyalashuvi qiyinligi.

Ronaldu o‘tgan mavsumda «MYu» safida barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты