Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu «MYu»ning 3-kungi mashg‘ulotlariga ham kelmadi

06.07.2022, 16:54

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozgi ta’tildan klub ixtiyoriga qaytgani yo‘q.

Goal xabariga ko‘ra, 37 yoshli portugaliyalik yulduz «MYu»ning Erik ten Hag qo‘l ostidagi 3-kungi mashg‘ulotlarini ham o‘tkazib yuborgan. Klub va niderlandiyalik yangi murabbiy Krishtianuning jamoaga qachon qaytishidan bexabar. Murabbiy va rahbariyat 12 iyuldan boshlanadigan Osiyo va Avstraliya turnesida Ronalduning jamoa bilan birga borish yoki bormasligi borasida ham aniq ma’lumotga ega emas.

Avvalroq, 37 yoshli hujumchi «Manchester Yunayted» rahbariyatidan o‘zini transferga qo‘yishni so‘ragani haqida ma’lum qilingandi. Unga «Chelsi», «Barselona» va «Bavariya» qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, «MYu» 12 iyul kuni Tailandda ten Hag murabbiyligidagi norasmiy debyutini «Liverpul»ga qarshi o‘tkazadi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
07.07

Olamiz xudo xoxlasa

  Doniyor xiva [off]
07.07

Transfer 0 barusia d ayaksdan allerni oldi 35millionga blin bizlarga Antoni 80ga tikishmoqchi alleram zor hujumchi edi
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты