Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ferdinand: «Ronaldu g‘alabalarga va YeChLda o‘ynashga o‘rgangan. U hatto Yevropa Ligasi madhiyasini bilmaydi!»

07.07.2022, 12:21

Rio Ferdinand hujumchi Krishtianu Ronalduning «Manchester Yunayted»ni tark etish istagi haqida gapirdi.

«Albatta, u baxtli emas! Gap Krishtianu Ronaldu haqida! Nega uning «Manchester Yunayted»dagi vaziyatdan norozi ekanligi haqida ko‘p gapirilayotganini tushunmayapman. U mamnun bo‘lolmaydi, men ham rozi emasman.

Agar inson g‘alaba qozonishni istasa, yutishga va yuqori o‘rinlar uchun kurashishga o‘rganib qolgan bo‘lsa-da, lekin birdaniga bu imkoniyatlarni yo‘qotib qo‘ysa va Chempionlar Ligasiga ham chiqa olmasa, bundan xursand bo‘lmasligi aniq.

Ronaldu YeChLda o‘ynamasligidan norozi. U Yevropa Ligasi madhiyasi qanday yangrashini ham bilmaydi!», – deydi Ferdinand.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты