Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Mendesh bilan uchrashganim rost, hech nimani rad etmoqchi emasman». Laporta «Barsa»ning Ronalduga qiziqayotgani haqidagi gaplarga munosabat bildirdi 

07.07.2022, 14:07

«Barselona» prezidenti Joan Laporta «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduning Kataloniya klubiga o‘tishi masalasida uning agenti Jorje Mendesh bilan uchrashgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

AS nashri Laporta Mendesh bilan agentning mijozlari – Ronaldu, Bernardu Silva, Ruben Nevesh va Rafael Leauning transfer imkoniyatini muhokama qilingani aytilgandi.

«Mendesh bilan uchrashib, kechki ovqatni birga tanovul qilganimiz rost. Hech narsani rad etmoqchi emasman, bu bizning manfaatlarimizga to‘g‘ri kelmaydi. Mendesh bilan nimani muhokama qilganimiz haqida esa aniq gapirmoqchi emasman. Men uchun Jorje bilan gaplashish, transfer bozoridagi vaziyatni muhokama qilish har doim qiziq», – deydi Laporta.

Avvalroq, Ronalduning «MYu»ni tark etishni istayotgani uchun klubning ketma-ket 3-kungi mashg‘ulotlarida qatnashmayotgani haqida xabar berilgandi. U o‘z agentidan YeChLda ishtirok etadigan va chempionlik uchun kurashadigan klub topishni so‘ragani aytilgandi. 37 yoshli portugaliyalik forvardga «Chelsi», «Roma» va «Sporting» qiziqish bildirayotgani ma’lum qilingandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты