Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Kan Ronalduning «Bavariya»ga o‘tishini inkor qildi

07.07.2022, 14:10

«Bavariya» bosh direktori Oliver Kan Myunxen klubi «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduga qiziqish bildirishini inkor qildi.

OAVning yozishicha, 37 yoshli portugal mankunianliklarni tark etib, Chempionlar Ligasida o‘ynaydigan klubga o‘tmoqchi. Unga da’vogarlar qatoriga Bundesliga chempioni ham kiritilgan.

«Ronalduni eng buyuk futbolchilardan biri deb bilaman, ammo bu transfer bizning falsafamizga to‘g‘ri kelmaydi», – deydi Kan.

Hujumchi o‘tgan mavsumda «MYu» safida barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты