Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» Dibala bilan muzokara o‘tkazmoqda

07.07.2022, 14:17

«Yuventus» bilan xayrlashgan Paulo Dibala faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Sky Italia xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» argentinalik hujumchini taklif etish masalasida muzokaraga kirishgan. Dibala «Inter» va «Milan» klubi rahbariyati bilan ham muzokara o‘tkazgan, ammo hali bir qarorga kelmagan.

Qayd etilishicha, 28 yoshli hujumchi ko‘proq A Seriyada qolishni istamoqda, ammo yaxshiroq moliyaviy takliflar sababli u fikrini o‘zgartirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Dibala yakunlangan mavsum A Seriyada 29 o‘yinda 10 ta golga mualliflik qilgan, YeChLda esa 5 bahsda 3 ta gol kiritgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
08.07

Erkin agent bo‘lib kelsin
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты