Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

O‘rtoqlik o‘yini. «MYu» ten Hagning debyutida «Liverpul»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

12.07.2022, 20:41

«Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari Tailanddagi mavsum oldi turne doirasida o‘zaro maydonga tushishdi.

Erik ten Hagning «MYu»dagi norasmiy debyut o‘yinida Manchester klubi Yurgen Klopp jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi.

Birinchi bo‘limdayoq Sancho, Fred, Marsyal ikkinchi bo‘limda esa Pelistrining goli o‘rtoqlik bahsida ten Hag shogirdlariga ashaddiy raqibi ustidan yirik g‘alaba keltirdi – 4:0.

O‘rtoqlik o‘yini. Bangkok, Tailand

«Manchester Yunayted» – «Liverpul» 4:0 (3:0)

Gollar:
1:0 – Sancho (12), 2:0 – Fred (30), 3:0 – Marsyal (33), 4:0 – Pelistri (77).

«Manchester Yunayted»: De Xea (Xiton, 70), Dalot (Malasia, 46), Lindelyof (Bayi, 46), R. Varan (Uan-Bissaka, 46), Shou (Aleks Telles, 46), MakTomini (van de Bek, 46), Fred (Pelistri, 46), B. Fernandesh (Elanga, 46), Sancho (Sevedj, 46), Marsyal (Amad, 46), Reshford (Ikbal, 46).

«Liverpul»: Alisson (Adrian, 46), Mabayya (Aleksander-Arnold, 46), Fillips (van Deyk, 46), Gomes (Konate, 46), Chembers (Robertson, 46), Henderson (Fabino, 46), Morton (Alkantara, 46), Karvalyu (Keyta, 46), Elliott (Xill, 46), Dias (Saloh, 46), Firmino (Nunes, 46).

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
13.07

Endi chempionatda ham shunday oʻyinlar kutib qolamiz

  [off]
12.07

Yangi mavsumga amad bilan pelestroni ochish kerak kotta pulga transfer qilingan bular

  [off]
12.07

Zo'r omad keyingi uyinlarga

  [off]
12.07

Ayaksteg bolard olish kerak myu

  [off]
12.07

Malades bolar
Umumiy: 5

© 2023 Uzbek Reds
Контакты