Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ten Hag «Liverpul» bilan 4:0 dan keyin: «MYu» ko‘p xato qildi. Bu raqibning eng kuchli tarkibi emasdi»

13.07.2022, 09:37

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag «Liverpul»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan (4:0) keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bugun natijadan qoniqdim. Jamoa jangovarlik ruhini ko‘rsatdi va biz hali uzoq yo‘lning boshida turganimizni barcha tushunib turibdi.

Pressing qilishda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydik, raqibga qator vaziyatlar yaratishiga imkon berdik. Shu bilan birga o‘zimiz ham ko‘p vaziyat yarata oldik. Xatolarni to‘g‘rilash uchun hali ko‘p ishlashimiz lozim.

Tarkibimizda yaxshi o‘yinchilar ko‘p ekanini bilaman. Biz jamoa shakllantirayapmiz va birinchi o‘yinimizdan qoniqdim. Hali bizga yana ko‘p vaqt kerak. Bugun ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. «Liverpul» uchta tarkib bilan o‘ynadi, bu ularning eng kuchli tarkibi emas. Bugungi natijani ortiqcha baholamaymiz.

Shunga qaramay, bugun o‘yinimizda chindan ham yaxshi vaziyatlarni ko‘rdim. Hujumda tezkor va kreativ harakat qildik», – deydi ten Hag.

Eslatib o‘tamiz, Bangkokda o‘tgan turne doirasidagi bahsda Sancho, Fred, Marsyal va Pelestrining gollari «Yunayted»ga yirik g‘alaba keltirdi. Bu ten Hag qo‘l ostidagi ilk o‘yin edi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar
M

  Maruf [off]
14.07

Мухими йигитлар рухини кутар улар узларига ишонмай куйишган

  [off]
14.07

De xea sardor bo‘lsa ham bo‘ladi u jamoa uchun borini berdi. Super seyflarini ko‘rib havas qiladi hamma.

  [off]
14.07

De yong kelmasa neves ni olsa zo‘r bo‘lardi.

  [off]
14.07

De xea
Dalot
Martinez
Varan
Malasia
Neves
Eriksen
Fernandes
Sancho
Antony
Marsial

  [off]
14.07

Asta sekin jamoa yosharib kuchayib bormoqda. Endi biroz vaqt kerak bo‘ladi jamoa bir tanu bir jon bo‘lib o‘ynasa har qanday jamoani yutsa bo‘ladi. Yaqin yillarda nasib qilsa o‘sha kuchli va qo‘rqinchli manchester united ni ko‘ramiz!!!

  [off]
13.07

Omad shunday ruhda davom etinglar omad yor bo‘lsin !
Umumiy: 6

© 2023 Uzbek Reds
Контакты