Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» «Ayaks»ning universal futbolchisi uchun kurashda «Arsenal»dan ustun keldi

14.07.2022, 11:37

«Manchester Yunayted» Lisandro Martinesni o‘z safiga qo‘shib olish uchun «Ayaks» bilan muzokaralar olib bormoqda.

Dastlab ingliz klubi himoyachi uchun 40+5 mln yevro taklif qilgandi, biroq Amsterdam klubi argentinalikni bunday qiymatga sotmoqchi emasligini aytdi.

Tomonlar 55 mln yevro va bonuslar evaziga kelishib olishlari mumkin, deb yozadi The Athletic. Ko‘p manbalar kelishuv amalga oshadi, degan optimistik fikrda.

«Arsenal» ham Martines uchun «Ayaks» bilan muzokara olib bordi, ammo «MYu» London klubi bilan kurashda g‘alaba qozondi. Futbolchini yana Erik ten Hag bilan ishlash imkoniyati o‘ziga tortdi, shuning uchun unga Manchester varianti afzalroq ko‘rindi.

24 yoshli himoyachi «Ayaks» rahbariyatiga yozda faqat Premer Liga klubiga o‘tish variantini ko‘rib chiqishni aytgandi.

Martines ko‘pincha himoya markazida o‘ynaydi, shu bilan birga u chap qanot himoyasi va tayanch yarim himoyachisi pozitsiyasida ham harakat qila oladi.

«Arsenal» Lisandroni asosan chap qanot himoyachisi sifatida ko‘rayotgandi. U yerda u Kiran Tirni bilan, «Yunayted»da markaziy himoyachi sifatida raqobatlashishi kerak edi. Bu pozitsiyada Harri Maguayr, Viktor Lindelyof va Rafael Varan o‘ynaydi, Erik Bayi ham asosiy tarkib uchun kurashmoqchi, Fil Jonsga esa boshqa klublardan qiziqish bor.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar
M

  Maruf [off]
14.07

Босинг лар газини

  [off]
14.07

Ол бу болани
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты